Bu haqda Samarqand IIB JXX YXHB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent-Samarqand yoʻlida avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqarib, yoʻl harakati qoidasini buzgan xonanda Jahongir Otajonovga nisbatan Samarqand viloyati Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan chora koʻrilgan.
Unga koʻra, haydovchi avtomobilida Toshkent-Samarqand yoʻlida 195 km/soat tezlikkacha chiqqani uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128/3-moddasiga muvofiq BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortildi.
Shuningdek, kodeksning 128/1-moddasiga koʻra, yoʻlda telefondan foydalanib holatni videoga olgani uchun esa BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming soʻm) jarima tayinlandi.
Maʼlumot uchun: kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonov oʻzining “Zeekr X” avtomobilida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib harakatlangani boʻyicha xabarlar tarqalgandi.