Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabariga ko'ra, konferentsiyada tashkilotning 2016-2020-yillar va 2021-yil 9 oylik faoliyati tahlil qilingan.

Shuningdek, konfrentsiya  delegatsiya a'zolari tomonidan boshqaruv organi rahbariyati tayinlangan.

Federatsiya raisi lavozimiga 2016-2021-yillar davomida federatsiya raisi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Sarimsoqov qayta saylangan.

Jahongir Sarimsoqov 1974-yili Samarkand viloyatida tug'ilgan. 1992-1996-yillarda O'zbekiston Milliy universitetini, 2003-2005-yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2020-2021-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.