Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ, Buxoro xalqaro aeroporti, Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi rahbariyati va mamlakatimiz sayyohlik kompaniyalari vakillari Indoneziyaning “Garuda Group” aviakompaniyasi prezidenti va bosh direktori Irfan Setiaputra bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari va istiqbollari muhokama etildi. Xorijiy aviakompaniya vakillariga soʻnggi yillarda mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta – Buxoro – Jakarta yoʻnalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

“Garuda Group” kompaniyasi rahbariyati mazkur taklifning iqtisodiy samaradorligini baholash maqsadida birinchi navbatda bozor va mavjud talabni oʻrganish uchun charter qatnovlarini tashkil etishni koʻrib chiqishni maʼlum qildi.