Qitʼa chempionatida -87 kilogramm vazn toifasidagi kurashchimiz, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, jahon chempionatining kumush medali sovrindori Jalgasbay Berdimuratov yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Qoraqalpoq oʻgʻloni chorak final bellashuvida moʻgʻulistonlik Batbayar Lutbayarni 11-0 hisobida yengdi. Uning final yoʻllanmasi uchun kechadigan bahsdagi raqibi hindistonlik Sunil Kumar boʻladi. Kumar chorak finalda yaponiyaik Masato Sumini 5-3 hisobida taslim etdi.