Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu maktabni tashkil qilish tashabbusi viloyat hokimi tomonidan ilgari surilgan.

Xabarga koʻra, qisqa muddatda 300 oʻquvchiga moʻljallangan mazkur maktab binosining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, moliyalashtirishtirildi.

Bugun yangi taʼlim maskani qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Tadbirda viloyat hokimi Farxod Ermanov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.