Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu boʻyicha tegishli memorandum imzolandi. Unga koʻra, tez yordam avtomashinalarini 2026-yilning birinchi yarmida xarid qilish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 7 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Kelishuv Sogʻliqni saqlash vazirligi vaziri oʻrinbosari F. Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida imzolandi.

Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvda sogʻliqni saqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muloqot chogʻida:

Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonani davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olish;

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy davolash binosini barpo etish yuzasidan takliflar bildirildi.