Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolarning mazkur davlatdagi oʻz ish joylariga yuborishga koʻmaklashilyapti.
Ana shunday fuqarolardan 48 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasiga uchib ketdi.
Taʼkidlash lozim, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib boradi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda ana shunday fuqarolardan 14-yanvarda 3 nafari, 20-yanvarda 2 nafari, 29-yanvarda 9 nafari, 3-fevralda 6 nafari, 11-fevralda 23 nafari, 17-fevralda 10 nafari joʻnab ketgan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.