Endilikda ushbu davlatlardan kelayotgan fuqarolar koronavirus testidan oʻtishi va infeksiya mavjud emasligini tasdiqlovchi rasmiy xulosaga ega boʻlishi kerak. Bundan tashqari, tibbiy maʼlumotnoma Koreyaga joʻnashdan 48 soat avval olingan boʻlishi va faqat Koreya Respublikasi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tan olingan muassasalardan olinishi kerak.

Shu bilan birga, xorijdan kelgan barcha fuqarolar uch kun davomida COVID-19 uchun takroriy test topshirishi va natijalaridan qatʼi nazar 14 kun davomida karantinda boʻlishi zarur.

Xabarda taʼkidlanishicha, Janubiy Koreyaga kirish tartibi qatʼiylashtiriladigan roʻyxatga qoʻshilish ehtimoli mavjud yana 11 mamlakatdagi vaziyat kuzatib borilmoqda.