Jayronlar fotoqopqonga tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigi hududiga oʻrnatilgan fotoqopqonga jayronlar muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Jayron pitomnigi 1977-yilning 25-may kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tashkil etilgan.

    Pitomnikda 328 turdagi umurtqali hayvonot olami yashaydi. Hayvonlarning 57 turi noyob hisoblanadi. Hududda jayron, Turkman quloni, Prjeval oti, Buxoro togʻ qoʻyi va Buxoro bugʻusi maxsus koʻpaytiriladi.