“Xitoy raisi Si Szinpin 14-16-sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻldi. Xitoy tomoni Oʻzbekistonga taqdim etgan milliy sovgʻalar orasida qadimiy Xiva shaharining miniatyura modeli mavjud boʻlib, ushbu madaniy yodgorlik Xitoy bilan hamkorlikda taʼmirlandi”, deb yozadi nashr sayti.
“Jenmin jibao” alohida taʼkidlaganidek, qadimiy Xivaning tarixiy yodgorliklarini saqlash va tiklash loyihasi Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan Si Szinpinning maqolasida ham qayd etilgan.
Markaziy Osiyo xalqlarida, “Men Xivani koʻrish uchun bir qop oltin berishga tayyorman”, degan ibora bor. Bu Ipak yoʻlidagi mashhur shaharning nechogʻli mashhur va koʻhnaligidan dalolat beradi.
Taʼkidlanishicha, bugunga kelib Oʻzbekiston va Xitoy madaniy yodgorliklarini himoya qilish boʻyicha ustalarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan Amir Temur maqbarasi va Hasan Murod Qushbegi masjidining tarixiy qiyofasi qayta tiklandi.
“Qadimiy Xiva shahrini arxeologik tiklash loyihasi qalʼa ichidagi turar joylarda ham amalga oshirildi, bu nafaqat qadimiy shaharni muhofaza qilishga hissa qoʻshdi, balki mahalliy aholining yashash sharoitlarini ham yaxshiladi”, deb yozadi “Jenmin jibao”.