U ikki spiral galaktikaning tutashi natijasida yuzaga kelgan.
Arp 220 galaktikasi Yerdan 250 million yorug'lik yili uzoqlikda, Ilon yulduz turkumi yo'nalishida joylashgan. Bunday galaktikalarda yulduzlarning paydo bo'lish tezligi Somon yo'lidagidan yuqori bo'lib, yiliga 100 ta yulduzni tashkil qiladi.
Ikki galaktikaning to'qnashuvi taxminan 700 million yil oldin sodir bo'lgan. Taxminan 200 ga yaqin yulduzlar to'plami diametri besh ming yorug'lik yili bo'lgan, chang bilan qoplangan zich hududda joylashgan. Birgina mazkur hududning o'zida butun Somon yo'lidagidek miqdorda gaz mavjud, deyiladi lenta.ru saytida.