Tasvirlarni tahlil qilgach, ekspertlar Yupiter atmosferasida ko'p bor faollik sodir bo'lgan degan xulosaga kelishdi. Ma'lumki, sayyora qattiq sirtga ega emas. U doimo qalinligi taxminan 48 km bo'lgan ammiak muz kristallari bulutlari bilan qoplangan.
Turli kengliklarda 563 km/soat tezlikda harakatlanuvchi atmosfera oqimlari sayyora yuzasida chiziqlar hosil qiladi. Qarama-qarshi oqimlar o'zaro ta'sir qilganda, bo'ronlar paydo bo'ladi.
“Xabbl” har yili Yupiter va tashqi Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarni kuzatadi. Uning yangi suratida Yupiterdagi ulkan bo'ron – Katta qizil nuqta tasvirlangan. Janubiy kenglikda esa 1998-2000-yillarda bo'ronlarning qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan antisiklon – Kichik qizil nuqta bor.
Dog'ning qizil rangga aylanishining sababi hali aniqlanmagan. Olimlar buni bir qator kimyoviy birikmalar: oltingugurt, fosfor yoki organik moddalar bilan bog'liq deb hisoblashadi.
Olimlar Yupiterda ko'plab yirik bo'ronlar va mayda oq bulutlar belgilarini ham aniqlashdi. Tasvirlar shuningdek, sayyoraning tabiiy yo'ldoshi Ioni ham o'z ichiga oladi. Bu butun Quyosh tizimidagi eng faol vulqonlarga ega osmon jismdir, deb xabar beradi mir24.tv.