Ma'lum bo'lishicha, sayyora tuman bilan qoplangan va yorug'likni aks ettirishga qodir.
Sayyoraga GJ 1214 b nomi berilgan. Avvalgi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, u hayot uchun juda issiqlik qiladi. Sayyora o'z yulduziga yaqin joylashgan. Suv obyektlari suyuq holatda mavjud bo'lolmaydi, ammo suv bug'lari atmosferada ko'p miqdorda mavjudligi aniq.
To'liq atmosferaga ega mazkur sayyorani Xbbl kabi teleskop vositasida tadqiq qilishning imkoni bo'lmadi. Ammo infraqizil asboblar bilan jihozlangan Jeyms Uebb GJ 1214 b ning termal xaritasini tuzib, uning atmosferasi tarkibini aniqlay oldi.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, sayyoraning yoritilgan va qorong'i tomonlari o'rtasida haroratda katta farq bor.
Olimlarning fikricha, atmosfera sayyora mavjud bo'lgan davrdan boshlab shakllana boshlagan. Ehtimol, u dastlab vodorodga boy bo'lgan va keyinchalik uning ko'p qismini yo'qotgan. Boshqa taxminlarga ko'ra, uning tarkibiga suvga boy muzli jinslar ta'sir ko'rsatgan.
Yangi tadqiqot shuni ko'rsatadiki, sayyora o'zining qizil mitti yulduzidan uzoqroqda shakllangan bo'lishi mumkin, lekin keyinchalik tizim markaziga yaqinroq ko'chib o'tgan, deyiladi mir24.tv saytida.