Mazkur hujjatga binoan, Chirchiq davlat jismoniy tarbiya va sport institutida ikkita yotoqxona binosi bunyod etiladi.
Ularning biri 800 oʻringa, ikkinchisi esa 400 oʻringa moʻljallangan boʻlib, buning uchun davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 41 milliard soʻm sarflanadi.
Shuningdek, institutda obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlari quriladi va qozonxona hamda transformator nimstansiyalari oʻrnatiladi.
Buning uchun davlat byujeti mablagʻlaridan 13 milliard soʻm ajratiladi. Jami boʻlib, Chirchiq davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga joriy yilda 54 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.