Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga “JOMBOY PARXEZ TAOM” MCHJning murojaati asosida Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyi amalga oshirgan davlat xaridlari qonuniyligi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Olib borilgan oʻrganishlarda buyurtmachi tomonidan “etender,uzex,uz” elektron tizimida umumiy qiymati 1 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan tayyor issiq ovqat boʻyicha autsorsing xizmatini koʻrsatish uchun amalga oshirilgan davlat xaridlarida savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga (Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyi) nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi va masʼullarga tegishli choralar koʻrildi.