Ushbu festivalda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, agro-ekoturizmni rivojlantirish, qimizchilik, naslli otlarni ko'paytirish, jamoaviy sport musobaqalari va o'yinlari, madaniy-ma'rifiy ko'rgazmalar tashkil etildi.
Boshqirdiston Respublikasi rahbarining taklifiga ko'ra, festivalda O'zbekiston delegatsiyasi, jumladan, Jizzax viloyat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Viloyat hokimining o'rinbosari Akmal Savurbayev rahbarligida viloyat delegatsiya tarkibida viloyat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi ijrochi direktori I.Hazratqulov, Yangiobod tumani hokimi I.Qarshiboev hamda ot sporti, kamondan otish va kurash sport turlari bo'yicha sportchilar ham nafaqat viloyatimiz balki yurtimiz sportini va otchilik bo'yicha o'z chiqishlarini namoyon qilishdi.
Festival doirasida Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Faritovich Xabirov hamda Jizzax viloyati hokimining o'rinbosari Akmal Savurbayevning rasmiy uchrashuvi ham bo'lib o'tdi.
Rasmiy uchrashuvda rahbarlar bir birlariga ramziy va estalik sovg'alari ulashish bilan birgalikda, viloyatimiz va Boshqirdiston Respublikasi o'rtasida ijtimoiy va iqtisodiy, agrar va gumanitar sohalarda jumladan, madaniyat, turizm, fan-ta'lim, sport yo'nalishlarini hamkorlikda rivojlantirish bo'yicha o'zaro kelishib oldilar.