Festival davomida viloyat hududidagi turli tuman asal mahsulotlari va uning xalq tabobatidagi jihatlari namoyishiga urgʻu beriladi.
Bundan tashqari, oʻlkamiz dorivor giyohlarga boyligi bilan butun Oʻrta Osiyoni oʻziga jalb etadi. Shu munosabat bilan, tadbirda shifobaxsh giyohlar namoyishi ham oʻrin olgan boʻlib, unda viloyat hududidagi dorivor giyohlar turlari va ularning foydali xususiyatlari namoyish etiladi.
Festivalning yana bir oʻziga xosligi shundaki, mehmonlarda viloyatimiz turizm salohiyati bilan tanishish imkonini beruvchi qator tadbirlar, yaʼni:
- hududdagi yangicha koʻrinishdagi barcha qulayliklarga ega mehmon uylari;
mahalliy aholi tomonidan taqdim etiladigan folklor jamoalarining takrorlanmas tomoshalari;
- milliy taomlar namoyishi;
viloyatning ekoturistik maskanlari va madaniy meros obyektlari, hamda mahalliy hunarmandchilik namunalaridan bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud, deb xabar beradi Jizzax viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.