Jizzaxda gibrid turdagi muqobil energiya manbai sinovdan o'tkazilmoqda

    Energetika 19 May 2020 684

    Qishloq xo'jaligida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash samaradorlikni bir necha barobar oshirishi tajribada o'z tasdig'ini topmoqda. Davergeodezkadastr qo'mitasi ham ayni paytda “Gibrid turdagi muqobil energiya manbai” moduli asosida yaratilgan ana shunday zamonaviy innovatsion texnologiyani Jizzax viloyati Forish tumanida sinovdan o'tkazmoqda.

    Lalmi va yaylovli hududlarda erosti suvlaridan foydalangan holda tomchilatib sug'orishni joriy qilishga mo'ljallangan mazkur texnologiya yangi intensiv bog' va tokzorlar barpo etish, mavjud erlardan samarali foydalanishni ta'minlaydi.

    — O'zbekistonda yaylov erlar jami 21 million 15 ming 786 gektarni tashkil etadi, — deydi Davergeodezkadastr qo'mitasi axborot xizmati rahbari Ne'matjon Otamurodov. — Biroq bu erlarda to'liq suv chiqarishning imkoni yo'qligi bois, aksariyat qismidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda foydalanilmaydi. Lalmi va yaylov erlardan faqat erosti suvlarini chiqarish orqali ekin parvarishlash mumkin. Ammo bunda yana bir muammo yuzaga keladi. YA'ni er- osti suvlarini nasos orqali chiqarish uchun elektr energiyasi kerak bo'ladi. Aksiga olib, elektr tarmog'i barcha lalmi va yaylov er maydonlariga etib bormagan, uni tortib borish xarajatlari dehqon va fermerlar uchun qimmatlik qiladi. Biz taklif etayotgan texnologiya esa ana shu muammolarga echim bo'ladi.

    Qurilma erosti suvlaridan foydalangan holda ekinlarni uzluksiz tomchilatib sug'orishni ta'minlaydi. Gibrid turdagi muqobil energiya manbai quyosh paneli va shamol generatoridan iborat bo'lib, 1 sutkada 16-18 soat elektr toki ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Quyosh va shamol bo'lmagan vaqtda esa bu vazifa qurilmaga o'rnatilgan maxsus akkumulyatorda to'plangan energiya yordamida bajariladi.

    Quyosh batareyasining qulayligi shundan iboratki, u elektr ta'minoti etib bormagan hududlardagi 35 gektar er maydonini sug'ora oladi. Agar undan keng ko'lamda foydalanilsa, 70 gektargacha erni sug'orish mumkin.

    Doimiy tarzda suv muammosi kuzatiladigan Forish tumanida avvallari 1 ta quduq suvi bilan 5 gektar maydon 5-10 kunda sug'orilgan bo'lsa, hozir ushbu qurilma yordamida 1 kunda 35 gektar maydon sug'orilmoqda.

    Mutaxassislar yaqin yillarda mazkur samarali texnologiyani respublikadagi barcha lalmi va yaylov erlarda qo'llashni, qurilmani ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni maqsad qilgan.

    Iroda TOSHMATOVA,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri