баннер
30 Mar 2025
02:15

    Jizzaxda noqonuniy yer olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Fuqaro M.I.ning Jizzax viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.T. Sharof Rashidov tumani “Kuyovboshi“ mahallasida joylashgan davlat dasturi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha 6 ta ish oʻrni yaratish va 450 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 2O.Q.M“ MCHJga ajratilgan 0,50 gektar boʻsh yer maydonining 0,30 gektar qismini 705 mln. soʻmga sotishga kelishib, oldindan 500 mln. soʻmini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech