Joriy oʻquv yili uchun 34860 nafar bakalavriat, 8923 nafar magistratura yoʻnalishlariga grant oʻrinlari ajratilgan

    Ta'lim 21 Iyun 2023 1891

    AOKAda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bilimni baholash agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida joriy oʻquv yili uchun OTMlarga qabul masalalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

    OTMlarga oʻqishga qabul qilishda jami 206857 nafar (43783 tasi grant, 163074 tasi toʻlov-kontrakt) talaba uchun oʻrin ajratiladi.

    a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha jami 189727 (34 860 nafar grant, 154 867 nafar kontrakt:

    kunduzgi taʼlim shakliga — 126 714 nafar (34 860 nafar grant, 91 854 nafar kontrakt);

    sirtqi taʼlim shakliga — 49 063 nafar (kontrakt);

    kechki taʼlim shakliga — 11 125 nafar (kontrakt);

    masofaviy taʼlim shakliga – 2 825 nafar (kontrakt);

    b) magistrlar tayyorlash boʻyicha — 17 130 nafar (8 923 nafar grant, 8 207 nafar kontrakt) etib belgilandi.

    Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi mavjud oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti;

    respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 000 ta davlat granti;

    Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun umumiy qabuldan 2 foizli;

    Harbiy tavsiyanomalilar uchun qoʻshimcha kvota;

    Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun umumiy qabuldan 1 foizli;

    Harbiylarning farzandlari uchun davlat grantidan 2 foizli;

    IIO xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 5 foizli;

    Bojxona xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 2 foizli qoʻshimcha grant oʻrinlari ajratildi.