OTMlarga oʻqishga qabul qilishda jami 206857 nafar (43783 tasi grant, 163074 tasi toʻlov-kontrakt) talaba uchun oʻrin ajratiladi.

a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha jami 189727 (34 860 nafar grant, 154 867 nafar kontrakt:

kunduzgi taʼlim shakliga — 126 714 nafar (34 860 nafar grant, 91 854 nafar kontrakt);

sirtqi taʼlim shakliga — 49 063 nafar (kontrakt);

kechki taʼlim shakliga — 11 125 nafar (kontrakt);

masofaviy taʼlim shakliga – 2 825 nafar (kontrakt);

b) magistrlar tayyorlash boʻyicha — 17 130 nafar (8 923 nafar grant, 8 207 nafar kontrakt) etib belgilandi.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi mavjud oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti;

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 000 ta davlat granti;

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun umumiy qabuldan 2 foizli;

Harbiy tavsiyanomalilar uchun qoʻshimcha kvota;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun umumiy qabuldan 1 foizli;

Harbiylarning farzandlari uchun davlat grantidan 2 foizli;

IIO xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 5 foizli;

Bojxona xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 2 foizli qoʻshimcha grant oʻrinlari ajratildi.