Unga koʻra oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali hulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Kumush medal esa umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali hulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
2020-2021 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9821 nafar iqtidorli bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni tantanali topshirish marosimlar oʻtkazilyapti. Shundan 7183 nafar bitiruvchi oltin, 2638 nafari esa kumush medal sohibi boʻldi.
Shuni alohida aytish joizki, bu yil respublika boʻylab 2810 nafar bitiruvchi muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, joriy oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarni 437 761 nafar bitiruvchi tamomladi.