Jumladan, uglevodorodlarni qazib chiqarishni koʻpaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi natijasida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 42 ta quduq burgʻilashdan, 416 ta quduq mukammal taʼmirlashdan va 14 ta texnologik obyektlar qurib ishga tushirildi.

Ushbu chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishi natijasida, qoʻshimcha 906,9 million kub metr tabiiy gaz, 24,8 tonna gaz kondensati hamda 1 020 tonna neft qazib chiqarishga erishildi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hamda mavjud quduqlarni samarali ishlatish natijasida,

2022-yil yanvar-iyun oylarida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja koʻrsatkichlarining bajarilishi quyidagicha boʻldi:

• Tabiiy gaz – 16 521,1 mln kub metr, rejaga nisbatan 100,1% ;

• Neft – 50,5 ming tonna, rejaga nisbatan 100,0%;

• Kondensat – 723,4 ming tonna, rejaga nisbatan 105,6%;

• Suyultirilgan gaz – 340,7 ming tonna, rejaga nisbatan 106,6%;

• Oltingugurt – 118,8 ming tonna, rejaga nisbatan 102,2%;

• Avtobenzin – 466,0 ming tonna, rejaga nisbatan 110,6%;

• Dizel yonilgʻisi – 127,2 ming tonna, rejaga nisbatan 105,7%, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.