Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning 51 ta asari xalqchil tarjima qilindi.
Yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, bagʻrikenglik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan 210 ta ilmiy maqola, 4 nomdagi davriy ilmiy jurnal nashr etildi. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 3 ming 115 nafar diniy soha xodimlari hamda manfaatdor idoralar mutaxassislarining malakasi oshirildi.
Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diniy-maʼrifiy sohalarga oid Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Afgʻoniston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarining turdosh tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 52 ta tadbirda offlayn va onlayn ishtiroki taʼminlandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida fuqaro-larimiz uchun Haj va Umra ziyoratlari yuqori saviyada tashkil etilib, 15 150 nafar ziyoratchi Haj amalini, 34 mingdan ortiq ziyoratchi Umra amalini ado etdi.
Jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar va qarashlar tarqalishiga xizmat qiluvchi 2 mingdan ortiq materiallarning yurtimizga kirib kelishi oldi olindi.
Respublikadagi diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni noxolis talqin etish, ulamolarni obroʻsizlantirishga qaratilgan harakatlarga qarshi mafkuraviy kurashni tizimli tashkil etish maqsadida diniy-maʼrifiy saytlarda 4 125 ta (video, audio, maqola va infografika koʻrinishidagi) material eʼlon qilindi.