“Dunyo boʻylab qayd etilgan yangi holatlar soni ketma-ket oltinchi haftadirki, pasayishda davom etmoqda. Oʻtgan hafta 2,4 million yangi holat qayd etildi. Bu undan oldingi haftaga nisbatan 11 foiz kam. Soʻnggi uch hafta ichida oʻlim soni ham kamayishda davom etmoqda.Oʻtgan haftada 66 mingga yaqin oʻlim holati kuzatildi, bu undan avvalgi haftaga nisbatan 20 foizga kamdir”, - deyiladi JSST veb-saytida.
Biroq, koronavirusning yangi shtammlar tarqalmoqda. Britaniyada kuzatilgan mutatsiya 101 mamlakatda (oʻtgan haftaga nisbatan yettita koʻproq), “Janubiy Afrika” — 51 ta (ortiqcha beshta) va “Braziliya” mutatsiyasi esa — 29 ta (ortiqcha sakkizta) mamlakatda topilgan. Yaratilgan vaksinalarning yangi mutatsiyalar bilan kurasha olishi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar yoʻq.