“O'zingizni koronavirus infektsiyasidan himoya qilmoqchi bo'lsangiz, ma'lum vaqt tungi klublar va diskotekalarga bormang”, dedi JSSTning favqulodda kasallarga bo'lingan texnik guruhi xizmati rahbari Mariya Van Kerkxov.

“Biz so'nggi kun va haftalarda tungi klublar to'g'risida bunchalik ko'p gapirmagandik, ammo ular, qoidaga ko'ra, hozir koronavirus o'chog'i bo'lib turibdi” deya keltiradi uning so'zini “Korrespondent” nashri.

SHu bilan birga, u tungi hayotni cheklamaslik kerakligini ta'kidladi, ammo ma'lum joylarda kasallikning eng katta o'choqlarini aniqlash va u joylarga keladiganlarni tekshirish, biroz vaqt yopish lozimligini aytib o'tdi. Van Kerkxov, gavjum joylarning xavfsizligi masalasida u erga to'planadigan odamlarning o'zlari javobgar ekanligini ta'kidladi.

“ehtimol, biz o'zlarini xavf ostiga qo'ygan holda birinchi planda ishlaydigan odamlar uchun nimanidir qurbon qilishimiz va unday joylarga borishni cheklashimiz kerakdir”, dedi u