JSST rahbari koronavirus pandemiyasi favqulodda vaziyatdan tashqariga chiqqanini ma'lum qildi

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning aytishicha, COVID-19 pandemiyasi odatdagi favqulodda vaziyatdan tashqariga chiqdi, deya xabar bermoqda CentralAsia.

    “Biz odamlarni favqulodda vaziyatda himoya qilishga tayyormiz, ammo COVID-19 pandemiyasi favqulodda vaziyatdan tashqariga chiqdi”, dedi u Jenevadagi 73-Butunjahon sog'liqni saqlash assambleyasidagi nutqida.

    U pandemiya dunyodagi boshqa kasalliklar — Gabon va Togodagi sariq isitma va Chad respublikasidagi chikungunya isitmasi, shuningdek Meksikadagi qizamiqqa qarshi kurashga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi.

    Tashkilot rahbari hozirgi inqiroz so'nggi bo'lmaydi deb ogohlantirdi va davlatlarni BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda birlashishga, geosiyosiy bo'linishga chek qo'yishga va sog'liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni bartaraf etishga chaqirdi.