Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus JSST Ijroiya kengashi yig'ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda euronews.com nashri.
JSST rahbari so'zlariga ko'ra, “omikron” oxirgi shtamm yoki pandemiya tugashi kerak, deb o'ylamaslik kerak. Gebreyesusning fikricha, yangi shtammlarning paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar mavjud.
Ba’zi Evropa mamlakatlari normalizatsiya jarayonida. Italiya ko'chalarida majburiy niqob taqish bekor qilindi. Bel`giya 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ochiq havoda va uyda niqoblardan foydalanishni talab qilishni va majburiy masofadan ishlashni to'xtatmoqchi. Bu qaror juma kuni qirollik hukumati tomonidan pandemiyaga qarshi kurash qo'mitasi yig'ilishidan so'ng qabul qilindi. SHuningdek, tungi klublar ochilishi, bar va restoranlardagi cheklovlarni bekor qilish ham tasdiqlandi.