Kinokartina Yangi O'zbekistonda bo'layotgan o'zgarishlar, qishloq hayotidagi insonlarning hayoti va turmushi aks ettirilgan.
Senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Murodjon Turdiev, postanovkachi operator Samijon Sunnatillaev, rassom Hayitali Qambarov, kartina badiiy rahbar Matyoqub Matchonov. Fil`mda Sardor Ismoilov, Baxtiyor Rahimov, Otabek Haqberdiev, Xurshid To'xtaev, Zufar Raimov kabi aktyorlar suratga tushgan.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, hozirda kinokartinaning suratga olish ishlari yakunlab qoldi. Tez orada yosh rejissyorlarning barcha fil`mlari prem`era qilinadi.