Hatto bu yoʻnalish boʻyicha xalqaro tashkilotlar mavjud va ular tomonidan dasturlar, standartlar ishlab chiqilgan.

Yurtimizda ham Prezidentimizning 2020-yil 7-sentyabrdagi Farmoni hamda qarori asosida Kadastr agentligi tizimida ilk marotaba Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi tashkil etildi.

Ushbu yoʻnalish hodimlari toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga boʻysunishi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ishlashi belgilandi.

“Cert international” tashkiloti tomonidan 2022-yilning 7-dekabr hamda 6-8-aprel kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha auditorlik tekshiruvi oʻtkazildi. Tekshiruv natijasiga muvofiq Kadastr agentligi markaziy apparati ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga loyiq, deb topildi.

Sertifikat “CERT ACADEMY GROUP” xalqaro trening kompaniyasi rahbari Marat Xabibulin tomonidan topshirildi.

Kadastr tizimida korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan tizimli ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtsak.

Inson omilini kamaytirish va shaffof mexanizmni joriy etish maqsadida Kadastr sohasi boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan 11 ta xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.

Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishi boʻyicha 10 ta normativ hujjatlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.

Xodimlar orasidagi qarindosh-urugʻchilik va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq aniqlangan holatlar bartaraf etildi.

1097 ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan “Kadastr maslahatchi” telegram boti ishga tushirildi.

Bugungi kunda ushbu yoʻnalishlarda ishlar davom ettirilmoqda.