Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil avgust oyi uchun 606,6 mingta kam taʼminlangan oilalarga jami 332,9 mlrd soʻm mablagʻlar AT “Xalq banki” ga toʻliq moliyalashtirildi.

Shundan:

  • 581 814 ta oilaga 322,4 mlrd soʻm bolalar nafaqasi;
  • 24 821 ta oilaga 10,6 mlrd soʻm moddiy yordam mablagʻlari ajratildi.

Oʻz navbatida kam taʼminlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 533,2 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 87,9 foizi) bank kartalari orqali toʻlovlar amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy toʻlovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.

Maʼlumot uchun: Joriy yilning iyul oyida yangi 86 063 ming ta kam taʼminlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritildi.