Mutasaddilarga 1-martgacha toʻgaraklar ochib, kambagʻal oiladagi 118 ming yoshlarni oʻqitishni boshlash topshirildi.
Toʻgarak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.
Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.
Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.