Yaponiyaning nufuzli Nikkei gazetasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyining  qoʻlda ipak qogʻoz tayyorlash ustaxonasi faoliyati haqida maxsus maqola chop etdi. 

Maqolada tarixiy  Samarqand qogʻozi tadqiqoti, Kamoliddin Behzod va Sharq miniatyura sanʼati muzeyi tomonidan bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar, qoʻlda tayyorlangan qogʻozdan  sanʼat asarlari yaratilish jarayoni haqida soʻz boradi, ustaxonada milliy qadriyatlar saqlangan holda “ustoz-shogird” anʼanasi asosida yoshlar ham faoliyat yuritayotganiga urgʻu beriladi.