Holat boʻyicha Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat boʻyicha Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan videoda aks etgan joyni va shu ishni sodir etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur holat boʻyicha olib borilayotgan oʻrganishlar yakuni boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.
Odamlarimizni biz uchun muhim boʻlgan jonivorlarni shafqatsizlarcha oʻldirishdan qanday toʻxtatish mumkin? Yuqoridagi holatga guvoh boʻlganlar boʻlsa bizga aloqaga chiqishlarini soʻraymiz. Vahshiylar albatta qonun oldida javob berishi lozim, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida: Togʻ suvsari (Martes foina), (kamennaya kunitsa) — suvsarlar oilasiga mansub, Oʻrta Osiyo, Yevropa va Osiyo boʻylab keng tarqalgan yirtqich sutemizuvchi hayvondir. Togʻ suvsari koʻpincha oʻrmonlar, togʻlik hududlarda yashaydi. Ularning tana uzunligi 40-50 sm boʻlib, dumi esa 25-30 sm atrofida boʻladi. Vazni odatda 1,5-2,5 kg ni tashkil qiladi. Togʻ suvsarining moʻynasi silliq va zich boʻlib, rangi odatda qoʻngʻir va sargʻish tuslar orasida boʻladi, boʻyin qismida oq dogʻ borligi bilan ajralib turadi.
Togʻ suvsarlari asosan yirtqich hayvonlar boʻlib, ular kichik sutemizuvchilar, qushlar, hasharotlar va mevalar bilan oziqlanadi. Qish oylarida oziq-ovqat tanqis boʻlsa, ular inson tomonidan tashlab ketilgan oziq-ovqat qoldiqlarini ham isteʼmol qilishi mumkin.