Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, yigitning jag'iga implant o'tkazish vaqtida infeksiya paydo bo'lgan. Jarrohlar begona jismni olib tashlashdi, ammo bu bemorning hayotini saqlab qolishga yordam bermadi.

Qayd etilishicha, so'nggi bir necha yil ichida fon Koluchchiga yuz, ko'z qovog'i, qoshni torttirish va labni qisqartirish bo'yicha 12 ta qimmat operatsiya o'tkazilgan. U Janubiy Koreyaning mashhur BTS estrada guruhi a'zosi Pak Chiminga vizual o'xshashlikka erishish uchun taxminan 220 ming dollar sarflagan.

2019-yilda fon Koluchchi Janubiy Koreyaga ko'chib o'tdi. U shov-biznesda o'z o'rnini topmoqchi edi, ammo yevropaliklarga xos ko'rinishi tufayli kamsitishlarga duch kelgan. Shu bois yosh yigit plastik jarrohlikka murojaat qilishga qaror qilgan, deb xabar beradi iz.ru.