Bunday qopqoqlarning narxi oʻlchamiga qarab, 575 mingdan 2 million soʻmgacha turadi. Natijada birgina Toshkent shahrida yiliga milliardlab soʻm zarar yetkazilmoqda ekan.
“Oʻzmetkombinat” AJ Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugungi kunda “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli boʻlgan “Ikkilamchiqorametallar” filiallari respublikamizning barcha viloyatlarida, Toshkent shaxri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 tonna metall parchalarini QQS bilan 2 001 000 soʻmdan qabul qilmoqda.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan jissmoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomning 22 va 29-bandlariga muvofiq “Ikkilamchiqorametall” filiallari qabul qilish punktlarida hammaga koʻrinadigan joyda qabul qilinishi man etilgan metall parchalari roʻyxati bannerlarda koʻrsatilgan.
Bulardan elektr texnikasi (kuchlanish kabellari, elektr uzatish va aloqa tarmoqlarining havo liniyalari), sanoatdan hosil boʻladigan (qirindi, shlak, kataliziatorlar), harbiy ahamiyatga ega boʻlgan, temir yoʻl va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi. Shu bilan birga kanalizatsiya lyuklari ham qabul qilinmaydi. Hattoki ular boʻlaklanib olib kelinsa ham.
Qoʻshimcha qilib yana shuni aytish mumkinki, “Ikkilamchiqorametall” filiallarining qora metall prachalrini yigʻish punktlariga shunday metall parchalari topshirish holati qayd etilsa, bu haqda zudlik bilan tegishli tashkilotlarga xabar beriladi, deya maʼlum qilmoqda “Oʻzmetkombinat” AJ Matbuot xizmatining telegram kanali.