Ma'lumki, kannabis o‘simligi giyohvand modda hisoblanib, uni yetishtirilishiga nisbatan davlatlarning o‘z qonunlarida belgilangan tartib-qoidalari bor. Ya'ni, kannabis yetishtirish va sotish qaysidir davlatda noqonuniy deb hisoblansa, ayrim hududlarda aksincha, qonuniy deb topilganlar ham bor.
Xususan, Osiyo, Afrika va Yevropaning deyarli barcha davlatlarida ushbu o‘simlik qat'iyan qonun bilan taqiqlangan, mustasno holat sifatida AQSh va Janubiy Afrika Respublikasini keltirish mumkin. Meksikaning ba'zi hududlari, Lotin Amerikasining ko‘pgina davlatlari, Italiya va Avstraliyada esa kannabis noqonuniy hisoblansa-da, uni yetishtirish, sotish va undan foydalanish jinoyat sanalmaydi (dekriminallashtirilgan). Misr, Marokash, Hindiston, Myanma va Tailandda esa qonunan taqiqlangan o‘simlik yashirin ravishda ekiladi va sotiladi.
Arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib Livan kannabis yetishtirish va undan tibbiy maqsadda foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha qonun qabul qildi.