Xalqaro kinofestivalda yana bir oʻzbek filmi Gran-prini qoʻlga kiritdi

    Qirgʻizistonda “Aytmatov va kino” I xalqaro kinofestivali oʻtkazildi.

    Unda Kinematografiya agentligi tomonidan ham bir guruh kinoijodkorlar ishtirok etishmoqda.

    Xabarlarga koʻra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga koʻra rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” badiiy filmi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi boʻyicha GRAN-PRIni koʻlga kiritdi.