Voqea joyiga etib borgan tuman IIB va mahalla fuqarolar yig'ini vakillari karantin qoidalarini qo'pol ravishda buzgani sababli B.D.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo'lgan vaqtda jami 4 nafar farzand va nabiralari IIB xodimlariga faol qarshilik ko'rsatgan.
Jumladan, ular tuman IIB XPB profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig'ini raisiga tan jarohati etkazib, qo'llarida bo'lgan temir jismlar bilan Ichki ishlar xodimiga tegishli avtomashina old oynalarini urib sindirib, shikast etkazishgan.
Ushbu holat bo'yicha voqea joyiga etib kelgan tuman IIB tezkor tergov guruhi xodimlariga ham faol qarshilik ko'rsatishib, qo'llaridagi tayoq va temir jismlar bilan IIB xodimlariga tan jarohati, navbatchilik qismining avtomashinasining oynalarini urib sindirib, shikast etkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan 15.05.2020 yilda SHerobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda