Ommaviy axborot vositalari orqali karantin qoidalariga rioya etish yuzasidan olib borilayotgan targʻibot va tushuntirishlarga qaramay ayrim fuqarolarimiz bu kasallikni qanchalik ogʻir ekanligini anglab yetmasdan oʻzini shu bilan birga yaqinlarini ham hayotini xavf ostiga qoʻyib, oʻrnatilgan cheklovlarga amal qilmasdan beparvolik qilmoqdalar.
Fuqaro B.Shukurov Mingbuloq tumanida istiqomat qiladi. Unga nisbatan karantinli davrda vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joyida niqobsiz yurgani aniqlangan. Xududda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori ushbu holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Yaqinda boʻlib oʻtgan maʼmuriy sudda amaldagi tartibga koʻra karantin qoidasini buzgan bu fuqaroga nisbatan MJtKning 54-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida maʼmuriy jarima solinishga sabab boʻldi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlim ish yurituviga olinib, davlat ijrochisi tomonidan jarima jazosi davlat foydasiga undirib berildi. Yoki boʻlmasa, D.Erkaboyev karantin qoidalariga amal qilmay savdo doʻkonida niqobsiz yurganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Boʻlib oʻtgan sud davomida ham unga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Mazkur ijro hujati ham boʻlim tomonidan ijroga olindi va davlat foydasiga chiqarilgan jarima summasi undirildi. Byuroning Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan ijro xujjatlari ijrosini taʼminlash davom etmoqda.
Oʻlmasbek Rahimov,
MIB Mingbuloq tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari