Kariyes — dunyoda eng keng tarqalgan kasallik. Bu muammoga sayyoramiz aholisining 95-98 foizi toʻqnash kelishi statistik tahlillarda oʻz ifodasini topgan.
Shunga qaramay, bolalar va hatto kattalar orasida ham kuchli ogʻriqlar bezovta qilmagunicha stomatolog qabuliga borishni paysalga soluvchilar koʻp. Vaholanki, uni erta bosqichda davolash va oldini olish mumkin.
Rossiyaning Omsk davlat tibbiyot universiteti olimlari bu borada izlanishlar olib borib, ajoyib natijaga erishdi: kariyesning oldini oluvchi va davolovchi qulay hamda samarali vosita yaratildi.
Gel koʻrinishidagi ushbu preparat hatto kasallikning boshlanish davri, yaʼni tishlarda dogʻlar hosil boʻlish bosqichda ham yaxshi natija beradi. Shu tariqa kariyes rivojlanishiga barham bersa boʻladi.
Yaratilgan maxsus surtma ftorid, kalsiy va fosfordan tarkib topgan boʻlib, emal devorlarini mustahkamlash hamda tishlarni zarur minerallar bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Muhimi, undan uy sharoitida foydalanish juda qulay.
Davolanish kursi 2-3 haftani tashkil etadi. Muolajani yil davomida ikki marta takrorlash kifoya. Shu asnoda tishlar oʻn ikki oy davomidan kariyesdan ishonchli himoyalanadi.
Hozir tadqiqotchilar 10 ta gel kompozitsiyasi uchun patiyent olishga muvaffaq boʻldi. Hademay ular soni yana bittaga koʻpayishi kutilyapti.