Karonovirus “Nike”ga 790 millionlik zarar keltirdi

    Biznes 30 Iyun 2020 932

    Sport jihozlari va anjomlari boʻyicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlgan Nike mart-may oylari mobaynida nufuzli xalqaro sport musobaqalarining oʻtkazilmasligi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish xajmi 50 foizga qisqarib ketdi.

    Nike kompaniyasining bosh direktori Jon Donaxoning maʼlum qilishicha, COVID-19ning tahdidi natijasida jahondagi oʻnlab megapolis shaharlarda Nike brendi asosida ish yuritayotgan savdo markazlari oʻz faoliyatlarini toʻxtatish ostonasida turibdi. Moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha kompaniya oʻtgan yilning uch oyiga nisbatan 790 million dollar zarar koʻrdi.

    Biroq 25-iyundan dunyodagi 90 foiz kompaniya tizimidagi shoxobchalar faoliyati qayta jonlantirilishi kutilyapti. Bu kutilgan samara beradimi yoʻq, hozircha nomaʼlum. Ammo pandemiya sharoitida onlayn savdoning jonlanganligi 2020-yilning shu davrigacha kompaniyaga umumiy daromadning 30 foizini keltirdi.

    Xalqaro olimpiya qoʻmitasida sport anjomlari va jihozlari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning eʼtiroficha, koronavirus nafaqat “Nike”, balki dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻlgan boshqa brenddagi kompaniyalarning iqtisodiy tizimiga zarar keltirgan boʻlsada, sport oyoq kiyimlari, liboslar va boshqa jihozlarning yangicha dizaynlarining yaratilishiga, deyarli 15-20 yildan beri oʻzgarmagan sport formalarining sifat darajasi yaxshilanishiga xizmat qiladi.