Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilyapti.
Bundan tashqari, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qoʻyish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilgan, deb xabar beradi “Norma” portali.
Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 14-avgustdan kuchga kirgan.