“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
2023-yil 1-fevraldan:
-
- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
- uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
- tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat koʻrsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi.
Bunda, tashabbuskor loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
-
- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
- hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi.
2023-yil 1-iyundan aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik maʼlumotlar asosiasosida identifikatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi.