Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi masʼul rahbarlarning bu boradagi faoliyati koʻrib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo koʻrilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining oʻrinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.