Ön beş yoşli bolaning kasb haqidagi qarori köpinça bir suhbat, bir maslahat yoki döstining tanlovi bilan belgilanadi. Bu qarorning bahosi esa ön yillar davomida tölanadi: öziga mos bölmagan yönalişda öqigan yoş, uning taʼlimiga sarflangan oila va davlat mablaği, kerakli mutaxassisni topa olmagan korxona. “Kasblar şaharçasi” aynan şu zanjirning eng boşida — bola hali qaror qabul qilmasdan oldin işlaydigan, natijaga yönaltirilgan mexanizmdir.

21-oktyabr kuni Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida Germaniyaga amaliyotga otlanayotgan yoşlar bilan suhbatda Prezidentimiz kasbli inson heç qaçon kam bölmasligini, bilim va hunarni puxta egallagan yoş qayerda bölmasin öz örnini topişini taʼkidladi. Şu suhbatda maktab davridanoq kasb va til örgatiş zarurligi ham alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil fevraldagi tegişli farmoni bilan 2026/2027 öquv yilidan yetti hududda “Kasblar şaharçasi” taşkil etiş belgilangan edi. 17-avgustda Prezidentimiz Urgançdagi ilk şaharça bilan tanişdi va ertasi kuni bu tajribani mamlakatimizning barça hududlarida yölga qöyiş vazifasini qöydi. Şunday qilib, yetti viloyatda boşlangan taşabbus umummilliy tizimga aylanmoqda. Endi uni har bir viloyatda bir xil yuqori sifatda işlaydigan tizimga aylantiriş vaqti keldi. Buning uçun esa, avvalo, şaharça nima uçun yaratilganini aniq tuşunib oliş zarur.

Şaharça nima uçun yaratilgan?

“Kasblar şaharçasi”ning asosiy maqsadini bir jumlada bunday ifodalaş mumkin: har bir öquvçiga kasbni qöli bilan sinab köriş orqali qiziqişi va qobiliyatini anglaş, şu asosda öziga ham, mehnat bozoriga ham mos kasbni ongli ravişda tanlaş imkoniyatini beriş. Boşqaça aytganda, şaharça kasb örgatmaydi — u kasbni tanlaşni örgatadi. Kasbni texnikum örgatadi, şaharça esa bolani töğri texnikumga, töğri yönalişga olib keladi.

Bu maqsad uç darajada namoyon böladi. Bola uçun — özini anglaş. Ösmir özi haqida köp narsani bilmaydi: qöli nozik işga moyilmi yoki kuçli harakatgami, texnika uni qiziqtiradimi yoki odamlar bilan işlaş, u qayerda zerikadi va qayerda vaqtni unutadi? Bu savollarga test ham, suhbat ham töliq javob bermaydi. Javobni faqat tajriba beradi: payvand apparatining simulyatorida, santexnika stendida, oşxonada, dron pultida. Urganç va Qarşidagi şaharçalarning “Özing yasab kör” tamoyili aynan şunga qaratilgan.

Oila uçun — asosli qaror. Bizda kasb tanlovini köpinça ota-ona hal qiladi va bunda kasbning obrösi, diplom nufuzi hal qiluvçi böladi. Şaharça ota-onaga farzandi haqida aniq kuzatuv va dalilga asoslangan tavsiya beradi. Bu “men şunday deb öylayman” emas, “farzandingiz şu sohada özini şunday körsatdi”, degan suhbatdir.

Davlat va iqtisodiyot uçun — kadr­lar oqimini boşqariş. Şaharçadagi kasblar tasodifan tanlanmaydi: Xorazmda transport va logistika, sanoat va quriliş, servis, qişloq xöjaligi va “yaşil” energetika, Qaşqadaryoda esa robototexnika, dronlar, elektromobillarga xizmat körsatiş, zootexnika va agronomiya. Bu har bir viloyat iqtisodiyotining ertangi ehtiyoji. Şunday qilib, şaharça bolaning şaxsiy qiziqişini hududning real mehnat bozori bilan uçraştiradigan joyga aylanadi.

Şaharça texnikumning qöşimça ustaxonasi emas, maktab tögaragi emas, mehmonlarga körsatiladigan körgazma zali ham emas. Uning natijasi taşriflar soni emas, balki öz tanlovini anglab, asos­lab qabul qilgan öquvçilar sonidir.

Bir martalik taşrif — taassurot, tizimli jarayon — qaror

Kasbiy rivojlaniş nazariyasi uzoq yillik tadqiqotlarga tayanadi va şaharça qanday işlaşi kerakligini aniq körsatadi.

Amerikalik psixolog Donald Super insonning kasbiy rivojini bosqiçlar sifatida tasvirlagan. Uning nazariyasiga köra, ösmirlik davri — izlaniş bosqiçi: bu davrda inson turli faoliyatni sinab köradi va özi haqidagi tasavvurini kasb olami bilan soliştiradi. Demak, 7-9-sinflar kasbga yönaltiriş uçun eng qulay davr bölib, keçikiş boy berilgan imkoniyatdir.

Jon Hollandning nazariyasi esa insonning şaxsiy xususiyatlari bilan kasb muhiti örtasidagi muvofiqlik uning mehnatdan qoniqişi va bu kasbda barqaror qolişini belgilaşini körsatadi. Boşqaça aytganda, töğri tanlangan kasb nafaqat şaxsiy baxt, balki kadrlar qönimsizligi kamayişi, malakali mutaxassisning sohada uzoq işlaşidir.

Zamonaviy tadqiqotçilar, jumladan, Mark Savikas va Andreas Xirşi yana bir muhim tuşunçani ilgari surgan — kasbiy moslanuvçanlik. Bu öz kelajagiga qiziqiş, qarorni öz qöliga oliş, yangi imkoniyatlarga oçiqlik va öz kuçiga işonç. Tez özgarayotgan mehnat bozorida bir marta töğri kasb tanlaşdan köra, umr böyi töğri tanlay oliş könikmasi muhimroq.

Bu nazariyalarning şaharça uçun ­amaliy xulosasi bitta: kasbga yönaltiriş tadbir emas, jarayon bölişi kerak. Bir kunlik taşrif bolada yorqin taassurot qoldiradi, lekin qaror şakllantirmaydi. Qaror esa izçil ketma-ketlikda şakllanadi: kasblar olami bilan tanişiş, öz qiziqişini aniqlaş, bir neça kasbni amalda sinab köriş, tanlovni toraytiriş, oila bilan maslahatlaşiş va nihoyat, ongli qaror. Şaharça şu jarayonning markaziy böğini bölib, maktab undan oldingi va keyingi bosqiçlarni taʼminlaşi lozim.

Ikki tizim örtasidagi köprik

Şaharça öz maqsadiga erişişi uçun hal qilinişi lozim bölgan eng çuqur masala — maktab va kasbiy taʼlim örtasidagi uziliş. Bugun ular turli idoralar tasarrufida, turli öquv rejalari, turli hisobotlar va turli mezonlar asosida işlaydi. Maktab öz vazifasini bitiruvçiga attestat beriş bilan tugagan deb hisoblaydi, texnikum esa öquvçini 9 yoki 11-sinfdan keyin “tayyor holda” qabul qiladi. Öquvçining kasb tanlovi esa aynan şu ikki tizim oraliğida, heç kimning masʼuliyatida bölmagan “böşliq”da hal böladi.

“Kasblar şaharçasi”ning ilğor kasbiy mahorat texnikumi hududida joylaşgani tasodif emas. Bu — maktab öquvçisi kasbiy taʼlim muhitiga ilk bor qadam qöyadigan nuqta. Lekin şaharça haqiqiy köprikka aylanişi uçun integ­ratsiya beş yönalişda yölga qöyilişi zarur.

Mazmun integratsiyasi. Maktabdagi texnologiya fanining 7-9-sinflardagi bir qismi şaharça va texnikum ustaxonalarida, texnikum ustalari iştirokida ötkazilişi mumkin. Şunda bu fan nazariy maşğulotdan real kasbiy sinovga aylanadi. 10-11-sinflar uçun esa texnikum bilan hamkorlikda tanlov asosidagi kasbiy modullar joriy etilib, ulardan olingan natijalar texnikumga kirganda hisobga olinişi öqiş muddatini qisqartirişi kerak.

Kadrlar integratsiya­si. Texnikum ustalari maktabda, maktab texnologiya öqituvçilari esa texnikum ustaxonalarida dars berişi, ularning qöşma metodik birlaşmalari tuzilişi lozim. Maktab öqituvçisi zamonaviy uskunani, texnikum ustasi esa ösmir bilan işlaş metodikasini bir-biridan örganadi.

Resurslar integratsiyasi. Har bir maktab tuman yoki viloyatdagi muayyan bazaviy texnikumga biriktirilişi, texnikumning ustaxona va laboratoriyalari esa maktab öquvçilari uçun belgilangan jadval asosida oçiq bölişi kerak. Qaşqadaryo texnikumi allaqaçon boşqa muassasalarning 2800 öquvçisi uçun ­amaliy baza vazifasini bajarmoqda — şu tamoyilni maktablarga ham kengaytiriş mumkin.

Maʼlumotlar integratsiyasi. Öquvçining maktabdagi özlaştirişi, şaharçadagi sinovlari va mentorning tavsiyalari yagona raqamli profilda töplanib, texnikumga uzatilişi kerak. Şunda texnikum öquvçini “noldan” emas, kuçli jihatlari va qiziqişlarini bilgan holda qabul qiladi.

Masʼuliyat integratsiyasi. Eng muhimi — umumiy natija uçun umumiy javobgarlik. Maktab faqat bitiruvçilar soni emas, ulardan qançasi asoslangan kasbiy tanlov qilgani uçun, texnikum esa faqat qabul rejasi emas, qabul qilinganlardan qançasi birinçi kursda öqişni taşlamagani uçun masʼul bölişi kerak. Viloyat darajasida hokimlik, maktab taʼlimi, kasbiy taʼlim va iş beruvçilar vakillaridan iborat muvofiqlaştiruvçi kengaş bu jarayonni boşqarişi maqsadga muvofiq.

Til örgatiş ham şu integratsiyaning bir qismi. Qaşqadaryoda 500 yoşni nemis tiliga öqitib, Germaniyaga amaliyotga yuboriş rejasi körsatadiki, kasb va til bir-biridan ajralmas. Maktabdagi çet til taʼlimi kasbiy yönalişga boğlansa, yoş texnikumga nafaqat kasbga, balki xalqaro mehnat bozoriga ham tayyor holda keladi.

Iqtisodiy ösiş va ijtimoiy adolat vositasi

“Kasblar şaharçasi”ni faqat taʼlim loyihasi sifatida baholaş uning ahamiyatini toraytiradi. Aslida, u iqtisodiy siyosatning ham, ijtimoiy siyosatning ham muhim vositasidir.

Iqtisodiy jihat. Hududlardagi keng kölamli investitsiya dasturlari yangi korxonalar, texnologiyalar va iş örinlarini olib kelmoqda. Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi quvvat işga tuşirildi. Qaşqadaryoda 21-oktyabrda umumiy qiymati 6 milliard dollardan ortiq 161 ta loyihadan 69 tasi işga tuşirildi, 92 tasining qurilişi boşlandi. Ammo davlatimiz rahbari Xorazmdagi muloqotda taʼkidlaganidek, har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni işlata oladigan malakali kadrlarga boğliq. Malakali işçi yetişmasa, investor mutaxassisni çetdan olib kelişga yoki xodimni iş joyida uzoq va qimmat qayta öqitişga majbur böladi. Şaharça esa viloyat iqtisodiyotining ertangi ehtiyojini bugungi öquvçining tanlovi bilan boğlaydi. Boşqaça aytganda, u investitsiya va inson kapitali örtasidagi uzilişni maktab davridayoq bartaraf etadi.

Buning ortida kengroq makroiqtisodiy mantiq bor. Töğri kasb tanlagan yoş öqişni taşlamaydi, yönalişini almaştirmaydi, bitirgaç, öz mutaxassisligi böyiça işlaydi. Bu davlat va oila taʼlimga sarflagan mablağ samarali işlaşini, mehnat unumdorligi oşişini, yoşlar işsizligi va norasmiy bandlik qisqarişini anglatadi. Kasb — kambağallikdan çiqişning eng işonçli va barqaror yöli. Şu maʼnoda, şaharçaga yönaltirilgan har bir söm kambağallikni qisqartirişga kiritilgan uzoq muddatli sarmoyadir.

Ijtimoiy jihat. Şahar oilasida ösgan bola kasblar haqida köproq maʼlumotga ega: atrofida turli soha vakillari, tögaraklar, öquv markazlari bor. Olis tuman yoki qişloq bolasining kasb haqidagi tasavvuri esa köpinça yaqin atrofidagi bir neça kasb bilan çeklanadi. Natijada tanlov imkoniyati bola qobiliyatiga emas, qayerda tuğilganiga boğliq bölib qoladi.

“Kasblar şaharçasi” bu tengsizlikni yumşatişga xizmat qilişi kerak. Qiş­loq maktabi öquvçisi ham xuddi şahar bolasidek robototexnika, “yaşil” energetika yoki zamonaviy agrotexnologiyani öz qöli bilan sinab köriş, qobiliyatini kaşf etiş huquqiga ega. Şuning uçun şaharça qamrovini baholaşda, eng avvalo, tuman va qişloq maktablari öquvçilari uluşiga eʼtibor qaratiş lozim. Ijtimoiy adolat şunda namoyon böladiki, har bir bolaning kelajagi manziliga emas, salohiyatiga qarab belgilanadi.

Xorij tajribasining asl saboği

Kasbiy taʼlimi rivojlangan davlatlar tajribasi körsatadiki, ularning yutuği uskuna va binoda emas, taşkiliy mexanizmda. Bu mamlakatlarda kasbga yönaltiriş maktab dasturining majburiy qismi hisoblanadi: öquvçi 7-8-sinf­lardayoq bir neça kasb sohasida haftalab amaliy sinovdan ötadi, natijalari maxsus hujjatda qayd etilib, keyingi tanlov uçun asos böladi. Öquv dasturlari iş beruvçi bilan birga tuziladi, kasbiy taʼlim esa oliy taʼlimga yölni yopmaydi. Şuning uçun u yerda kasbiy yöl “boşi berk köça” emas, nufuzli tanlov sifatida qabul qilinadi.

Bu tajribadan bizning şaharçalar uçun tört xulosa çiqadi: kasbga yönaltiriş maktab dasturiga kiritilgan bölişi; öquvçining natijalari hujjatlaştirilib, keyingi bosqiçga uzatilişi; şaharça real iş beruvçi bilan boğlanişi; kasbiy yöl esa oliy taʼlimga eşikni yopmasligi kerak. Qaşqadaryodagi 32 ta yirik taşkilot bilan şartnoma va yoşlarni Germaniyaga amaliyotga yuboriş rejasi uçinçi şartning yaxşi boşlanişi. Qolgan uçtasini esa milliy darajada hal qiliş lozim.

Yetti qadam

Yuqoridagi tahlil asosida “Kasblar şaharçasi” modelini mamlakat miqyosida samarali joriy etiş uçun quyidagi çoralarni taklif etamiz.

Birinçi qadam — şaharçani maktab dasturiga kiritiş. Kasbga yönaltiriş ixtiyoriy tadbir emas, har bir öquvçi uçun majburiy yöl bölişi kerak. Uning mantiqiy tuzilmasi quyidagiça: 7-sinf­da qiziqiş va qobiliyatni aniqlaşga qaratilgan diagnostika va şaharçaga birinçi tanişuv taşrifi; 8-sinfda şaharçada kamida uçta kasb sohasini qamrab olgan, bir haftadan kam bölmagan amaliy sinov; 9-sinfda tanlangan yönaliş böyiça hamkor korxonada qisqa muddatli amaliyot va yakuniy tavsiya. Buning uçun maktab öquv rejasida alohida soatlar ajratilişi lozim.

Ikkinçi qadam — “Kasbiy tanlov pasporti”. Har bir öquvçining şaharçadagi sinovlari, mentorning kuzatuvlari va tavsiyalari yagona raqamli profilda saqlanişi kerak. Bu hujjat öquvçi, ota-ona, maktab va texnikum uçun oçiq böladi. Şunda texnikumga qabul paytida ham yoşning tasodifiy emas, sinalgan va asoslangan tanlovi körinadi.

Uçinçi qadam — kasbiy mentor lavozimi va uning tayyorlov standarti. Şaharçalarda kasb ustasi va pedagog-psixolog könikmalarini birlaştirgan “kasbiy mentor” lavozimini joriy etiş, ular uçun maxsus malaka oşiriş dasturi va sertifikatlaş tizimini yaratiş zarur. Maktablarda faoliyat yuritayotgan kasbga yönaltiriş maslahatçilari ham şaharça amaliyotida tayyorlanişi maqsadga muvofiq.

Törtinçi qadam — har bir bolaga yetib boriş. Uzoq tumanlar uçun transport bilan taʼminlangan taşriflar jadvali, tuman markazlariga çiqadigan köçma kasb modullari va virtual simulya­torlar orqali oldindan tayyorgarlik tizimini yölga qöyiş lozim. Şaharça qamrovi viloyatdagi barça 8-sinf öquvçilari uluşi bilan ölçanişi kerak.

Beşinçi qadam — barqaror moliyalaştiriş. Kapital quriliş bilan birga şaharçaning yillik faoliyati uçun har bir öquvçiga hisoblangan moliyalaştiriş normativini belgilaş, iş beruvçilarni esa kasb modullarini jihozlaş va yangilaşga jalb qiliş taklif etiladi. Modulni qöllab-quvvatlagan korxona evaziga özi uçun kadrlarni maqsadli tayyorlaş imkoniyatiga ega böladi.

Oltinçi qadam — töğri mezonlar bilan ölçaş. Şaharça samaradorligi taşriflar soni bilan emas, quyidagi körsatkiçlar bilan baholanişi lozim: asoslangan kasbiy tanlovni şakllantirgan 9-sinf öquvçilari uluşi; şaharçada sinalgan yönaliş böyiça texnikumga kirganlar uluşi; texnikumning birinçi kursida öqişni taşlaş yoki yönalişni özgartiriş darajasi; bitiruvçilarning bir yildan keyin öz mutaxassisligi bö­yiça işlayotgani. Bu körsatkiçlar böyiça har yili mustaqil baholaş ötkazilib, natijalar oçiq eʼlon qilinişi kerak.

Yettinçi qadam — maktab va texnikumni huquqiy jihatdan boğlaş. Har bir maktabni bazaviy texnikumga biriktiriş, texnologiya fanining bir qismini texnikum ustaxonalarida ötkaziş, 10-11-sinflardagi kasbiy modullar natijalarini texnikumda hisobga oliş hamda maktab va texnikumning umumiy samaradorlik körsatkiçlarini belgilaş tartibini normativ hujjat bilan ­mustahkamlaş zarur.

Xorazm va Qaşqadaryodagi “Kasb şaharçalari”ni şu yondaşuvni sinovdan ötkazadigan va yangi şaharçalar jamoalarini tayyorlaydigan metodik tayanç markazlar sifatida belgilaş maqsadga muvofiq. Institutimiz yagona metodika, kasbiy mentor tayyorlaş dasturi va samaradorlik mezonlarini işlab çiqişda öz ilmiy-metodik salohiyatini safarbar etişga tayyor.

Kelajak şu yerda yaratiladi

Har bir “Kasblar şaharçasi”da har kuni kiçik, lekin juda katta maʼnoga ega voqea röy beradi. Ön uç yoşli bola birinçi marta simulyatorda payvand çokini tortadi, quyoş panelini ulaydi yoki dronni osmonga kötaradi va uning közlarida “men ham uddalayman” degan işonç uçquni çaqnaydi. Öşa lahzada bolaning öziga qaraşi özgaradi. Bir umrlik yölning ilk qadami aynan şunday lahzalardan boşlanadi.

Xiva va Buxoro, Samarqand va Şahrisabzning asrlar oşa bizgaça yetib kelgan obidalari nomi tarixda qolmagan ming­lab ustalar, meʼmorlar va hunarmandlar qöli bilan bunyod etilgan. Ajdodlarimiz kasbni muqaddas bilgan, hunarni otadan bolaga meros qilib qoldirgan. Bugun Uçinçi Renessans poydevorini barpo etar ekanmiz, bu poydevor olimlar va mutafakkirlar bilan bir qatorda öz işining ustasi bölgan millionlab hunarmand, muhandis va mutaxassislar bilan mustahkam böladi.

Qaşqadaryoda Germaniyaga otlanayotgan yoşlar bilan suhbatda Prezidentimiz ularga otalarça samimiyat bilan bunday dedi: “Kasbli bölsangiz, heç qaçon kam bölmaysizlar. Bilim va hunarni puxta egallasangiz, qayerda bölmang, öz örningizni topasizlar”.

Davlatimiz rahbari bu imkoniyatdan töğri foydalangan yoşlar özlari, farzand­lari va nevaralarining farovon hayotiga zamin yaratişini ham alohida taʼkidladi.

Bu sözlarda har bir ota-onaning yuragidagi eng ezgu orzu mujassam: farzandim öz örnini topsin, heç kimga muhtoj bölmasin, halol mehnati bilan el-yurt hurmatini qozonsin. “Kasblar şaharçasi” — şu orzuni hayotga aylantiradigan maskan. Uning darvozasidan kirgan har bir bola bu yerdan özini anglagan, öz yölini körgan, kelajagiga işongan holda çiqişi kerak. Bu — pedagoglar, olimlar va kasbiy taʼlim mutaxassislarining eng şarafli vazifasi. Zero, kasbli inson heç qaçon kam bölmaydi, kasbli xalqning esa kelajagi hamişa porloqdir.

Hayot QODIROV,

Kasbiy taʼlimni rivojlantiriş instituti direktori