Unga koʻra IIB xodimlari bilan birga oʻtkazilgan tadbirda fuqaro U.Sh. qalbaki 3 000 AQSH dollaridan 300 AQSH dollarini Kattaqoʻrgʻon dehqon bozorida fuqaro Sh.O.ga milliy valyutaga ayirboshlash uchun bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Tadbir davomida, U.Sh.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda:
— 50 va 100 kupyurali 17 400 AQSH dollari, 1 dona 5 000 kupyurali Rossiya rubli;
— 1 dona 1 000 kupyurali Peru pul birligi hamda “Lenovo” rusumli noutbuk;
— “NR” rusumli rangli printer mavjudligi aniqlangan.
Ashyoviy dalil sifatida olingan valyutalar oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga koʻra qalbaki ekanligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.