Kinematografiya agentligida Agentlik buyurtmasiga binoan yaratilayotgan “Kazbek” ko-produksiyasi boʻyicha belarusiyalik kinoijodkorlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Agentlik rahbariyati, film ijodkorlari hamda Belarusdan kinomutaxassislar ishtirok etdi.

Ko-produksiyada ikkinchi jahon urushi davrida Belorus hududida jang qilib, jasorat koʻrsatgan qahramon Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qilinadi. Uning “Kazbek” nomi bilan amalga oshirgan oʻta muhim harbiy operatsiyalari fashistlarni sarosimaga solgan.

Muloqotda Mamadali Topvoldiyevning shu kabi qahramonliklariga alohida toʻxtalib, filmda uni “millat qahramoni” sifatida koʻrsatish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, muloqot davomida tomonlar film ssenariysi hamda bosh qahramon uchun aktyorlar nomzodini koʻrib chiqib, oʻz fikrlarini bildirishdi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati