2021-yil 4-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92724 (+404) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

6 nafari Andijon viloyatida,

1 nafari Buxoro viloyatida,

6 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Navoiy viloyatida,

5 nafari Namangan viloyatida,

84 nafari Samarqand viloyatida,

4 nafari Sirdaryo viloyatida,

3 nafari Fargʻona viloyatida,

10 nafari Xorazm viloyatida,

73 nafari Toshkent viloyatida,

208 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar,

Buxoro viloyatida 5 nafar,

Jizzax viloyatida 10 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

Namangan viloyatida 6 nafar,

Surxondaryo viloyatida 5 nafar,

Fargʻona viloyatida 5 nafar,

Xorazm viloyatida 9 nafar,

Toshkent viloyatida 38 nafar,

Toshkent shahrida 189 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 88535 (+277) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3534 nafar bemor davolanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati