Shu munosabat bilan Samarqandda 1 noyabrdan boshlab sayohatchilar uchun turistik infratuzilma obyektlarida, jumladan, turar joy obyektlarida, ovqatlanish punktlarida, shuningdek, mintaqalararo avtobus, avia va temir yo'l chiptalari uchun 30 foizgacha chegirmalar va Aksiyalar rejalashtirilgan. Bu oy davomida keksa avlod vakillari Samarqandning moddiy-madaniy merosi obyektlarini ham bepul ko'rishlari mumkin.

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi 14 ta hududda ichki turizm uchun muqaddas maskanlarni birlashtirgan sayyohlik dasturlarini ishlab chiqdi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi esa barcha hududlardan keksa faollarni jalb qilish uchun axborot-tushuntirish tadbirlarini o'tkazmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, O'zbekistonda ichki turizmga ruxsatnoma berilishi munosabati bilan keksa yoshdagi insonlar dam olishini mazmunli tashkil etish chog'ida xavfsiz sharoitlar ta'minlanib, sanitariya va gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilinadi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati